16.05.2019, 09:40

Bugun ikki nafar taekvondochimiz JChda ishtirok etadi


Bugung Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo'yicha jahon chempionatining ikkichi kun bellashuvlari bo'lib o'tadi. Ushbu kun doirasida terma jamoamizning ikki vakili medallar uchun kurash olib borishadi.

Erkaklar o'rtasida -54 kg vazn toifasida bahs olib boradigan Valentin Xegay dastlabki davrada daniyalik Tobias Xittel bilan ro'baro keladi.

Shuningdek, +73 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qiladigan Svetlana Osipova musobaqani ispaniyalik Belen Moranga qarshi bahs bilan boshlaydi. Hamyurtimiz ushbu raqib to'sig'idan o'ta olsa, ikkinchi bosqichda musobaqa mezbonlaridan biri, Rio Olimpiadasi sovrindori Byanka Uolkdenga qarshi jang qiladi.

Читайте также:

Taekvondo bo'yicha jahon chempionatini g'alaba bilan boshladik

Bugun taekvondo bo'yicha jahon chempionati start oladi

JChda ishtirok etuvchi taekvondochilarimizning taqvimi bilan tanishing

Shahzodbek Sobirov Boku "Katta dubulg'a" turnirida ishtirok etadi

Bugun Boku «Katta dubulg'a» turniri start oladi