20.09.2018, 10:30

Bugun dzyudochilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi


Bugun, 20 sentyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo'yicha jahon chempionati start oladi.

Jahonning 131 mamlakatidan 800 nafarga yaqin ziyod sportchi ishtirok etadigan nufuzli musobaqada o'zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. Bugun ikki nafar hamyurtimiz musobaqada medallar uchun kurashga chiqadi. Erkaklar o'rtasida Sharofiddin Lutfullaev (-60kg) tatamiga chiqsa, ayollar o'rtasidagi bahslarda Marjona Salohiddinova (-48kg) o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:

-60kg: Sharofiddin Lutfullaev
-66kg: Sardor Nurullaev
-73kg: Hikmatullo To'raev, G'iyosjon Boboev
-81kg: Sharofiddin Boltaboev
-90kg: Davlat Bobonov
-100kg: Muhammadkarim Xurramov, Sherali Jo'raev
+100kg: Bekmurod Oltiboev

Ayollar:

-48kg: Marjona Salohiddinova
-52kg: Gulnoza Ziyaeva
-57kg: Amina Mamedova
-70kg: Gulnoza Matniyazova, Shohista Nazarova
-78kg: Nodira Yuldasheva

Murabbiylar:

Farxod To'raev
Bekzod To'raboev
Rafgat Izmaylov

Massajchi: Javlon Hasanov

Milliy olimpiya qo'mitasi jahon chempionatida ishtirok etadigan dzyudochilarimizga omad tilaydi.

Читайте также:

Dzyudochilarimizning jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi ma'lum

Badiiy gimnastikachilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi

Osiyo o'yinlari. To'rt nafar dzyudochi bronza uchun kurashadi

Osiyo o'yinlari-2018. 30 avgust kuni ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati

Dzyudo. Ikki nafar hamyurtimiz Evropa Ochiq kubogida oltin medalga ega chiqdi