13.06.2019, 02:10

Bugun ayollar futboli bo'yicha XVIII O'zbekiston Kubogiga qur'a tashlanadi


Ayollar jamoalari o'rtasidagi mamlakat Superligasi bahslari ham sekin-asta o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

27 iyundan esa O'zbekiston Kubogi uchrashuvlariga ham start beriladi va mazkur musobaqa 26 oktyabrgacha davom etadi.

Bugun, 13 iyun soat 15:00da O'zPFL binosida ayollar futboli bo'yicha XVIII O'zbekiston Kubogiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.   

Ta'kidlash joiz, O'zbekiston Kubogi-2019da jami 16 ta klub ishtirok etadi. Ayollar Superligasining barcha ishtirokchilariga Pro-ligadan “Xorazm” jamoasi futbolchi qizlari qo'shiladi. 

Читайте также:

Ayollar futboli: O'zbekiston milliy birinchiligi bahslari taqvimi tasdiqlandi

Ayollar futboli. Bugun O'zbekiston Superkubogi uchun bahsda "Sevinch" va "Bunyodkor-W" jamoalari kuch sinashishadi

12 aprel kuni ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi o'tkaziladi

Bugun O'zbekiston U-19 va OTJ raqiblari aniqlanadi

Ayollar futboli bo'yicha Tokio-2020 Olimpiada saralashining 2-bosqichiga mamlakatimiz mezbonlik qiladi