26.06.2019, 08:30

Buffon «Yuventus»ga qaytadi

«PSJ» klubi sobiq darvozaboni Janluidji Buffon «Yuventus»ga qaytishga yaqin turibdi.

41 yoshli posbon turinliklar bilan muzokara olib bormoqda. U jamoaning asosiy darvozaboni Voychex Shchensniga o'rinbosarlik vazifasini o'tashga rozi bo'ldi.

Hozirda jamoaning ikkinchi posboni hisoblangan Mattia Perin yozgi transfer paytida katta ehtimol bilan «Yuve»ni tark etadi. U klub safida bir yil faoliyat yuritdi.

Buffon 17 yil davomida «Yuventus» sharafini himoya qilib, 2018 yilning yozida erkin agent sifatida «PSJ»ga o'tgan edi. Liga 1 musobaqasida italiyalik futbolchi 17ta o'yinda maydonga tushib, Frantsiya chempioniga aylandi. Mavsum yakunlanganidan keyin Buffon «PSJ»ni tark etdi.

Mavzu bo'yicha:

«Atalanta» Buffon bilan shartnoma imzolashi mumkin

Manba: «Barselona»ga Buffon kerak emas

Buffon: «PSJ» - «MYu» o'yinida imkoniyatlar — 50/50»

Buffon «PSJ» bilan shartnomani uzaytiradi

Buffon: «Mbappe «Oltin to'p»ga munosib»