13.07.2019, 10:20

Budapesht Gran-prisining ikkinchi kunida ham besh nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi

Bugun Vengriya poytaxtida davom etayotgan dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kuni doirasida 5 nafar vakilimiz musobaqa g'olibligi uchun kurash olib borishadi. Reglamentga ko'ra, ushbu kun doirasida erkaklar o'rtasida -73 va -81, ayollar o'rtasida -63 va -70 kilogramm vazn toifalarida bahslar bo'lib o'tadi. Qur'a natijasiga ko'ra, vakillarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:

-73 Hikmatilloh To'raev – Eduardo Arauxo (Meksika) / Sulaymon Hamad (Saudiya Arabistoni)
-73 kg: G'iyosjon Boboev – Ahmad Alikaj (XDF)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev – Mazen Nanae (XDF)
-81 kg: Kamoliddin Rasulov – Yaromir Musil (Chexiya)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Sara Rodrigez (Ispaniya)

Eslatib o'tamiz, kecha engil vazn toifalarida kechgan bahsda Shahram Ahadov -66 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritdi. Mazkur musobaqa g'olibi Tokio Olimpiadasi uchun 700 reyting ochkosiga ham ega bo'ladi.

Mavzu bo'yicha:

Shahram Ahadov Budapesht Gran-prisida bronza medalini qo'lga kiritdi

Bugun besh nafar dzyudochimiz Budapesht Gran-prisida ishtirok etishadi

Dzyudo bo'yicha Budapesht Gran-prisiga qur'a tashlandi

Tbilisi Gran-prisining so'nggi kunida 3 nafar dzyudochimiz kurashadi

Bugun 2 dzyudochimiz Tbilisi Gran-prisida ishtirok etishadi