Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 12:22
KirishRo'yxatdan o'tish
Bu qiziq. «Bavariya» Chempionlar ligasida so'nggi bor qachon mag'lub bo'lgan?
  8 Aprel, 11:05  24

.

Myunxenning «Bavariya» klubi o'tgan yili trebl qayd etish asnosida bir qator rekordlarni ham yangilab ketdi.

Xususan, «qizillar» ning umumiy mag'lubiyatsiz ceriyasi ko'pchilikni hayratga soldi. Chempionlar ligasida esa jamoa kechagi mag'lubiyat evaziga yana bir rekordini buzib qo'ydi. Jamoa EChLda oxirgi marta 2019 yilning martida «Liverpul» ga imkoniyatni boy bergandi.

O'shanda mersidaydliklar chempionlikni tantana qilganidan xabaringiz bor. Shuningdek, «Bavariya» ning uy uchrashuvlaridagi so'nggi mag'lubiyati 2019 yilning noyabrida qayd etilganini ham ta'kidlash joiz. O'shanda myunxenliklar «Bayer» ga kichik hisobda yutqazgan edi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»