13.06.2019, 14:30

Breaking News! Ravshan Ermatov O'FAning birinchi vitse-prezidenti bo'ladi


FIFA referisi Ravshan Ermatov O'FA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, tez orada O'FA ijroqo'mining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tadi va unda Ravshan Ermatov nomzodi ko'rsatilishi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, O'FA prezidenti Ochilboy Ramatov sanaladi. Ammo Ramatov hukumatda va Transport vaziri sifatida ham ish olib borishi sababli odatda o'zbek futboliga O'FAda birinchi vitse-prezidenti javob beradi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq O'FA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov iste'foga chiqarilgani haqida xabar bergandik. O'FA rasmiy saytiga ko'ra, Ahmadjonovning o'zi ariza yozgan.

Читайте также:

Tezkor xabar! Umid Ahmadjonov O'FA Birinchi vitse-prezidentligidan ketdi

Breaking news! Umid Ahmadjonovning MOQ rahbarligidan ketishi kutilmoqda

O'FA birinchi vitse-prezidenti Shota Arveladzega tashakkurnoma taqdim etdi

Toshkentda OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishi boshlandi

Bugun Toshkentdagi «International» mehmonxonasida OFK Ijroqo'mining yig'ilishi bo'lib o'tadi