13.07.2019, 00:10

Braziliyalik futbolchilar Messini tanqid qilishdi

Leo Messi tomonidan «Kopa Amerika» musobaqasi va mezbonlarning g'alabasi aytilgan so'zlar futbol olamida katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Argentinalik futbolchining intervyusi ko'plab braziliyalik futbolchilarning g'azabini qo'zg'atdi va ular ham OAV vositalari orqali javob qaytarishdi. Bugun ana shunday intervyularning bir nechtasini e'tiboringizga taqdim etamiz.

Tite

Men «O'zga sayyoralik» deb ataydigan futbolchi biroz bo'lsada, o'zini hurmat qilishi lozim. Har qanday mag'lubiyatni to'g'ri tushunish va uni hazm qila bilish kerak. Doim har bir so'zingizga e'tibor qaratishingizni iltimos qilaman. Messi o'z so'zlari bilan buyukligiga rahna soldi. Biz Argentina termasiga qarshi toza futbol namoyish etdik. Ortiqcha gapga xojat yo'q!

Markinos

«Barselona» jamoasidagi uning ishlari a'lo darajada ketmoqda. Bu taxsinga loyiq. Men uning hech qachon uchrashuvlardan so'ng bunday intervyu berganini ko'rmagan edim. U engildi! Buni fakt ekanligini tan olishning ayti payti. Mag'lubiyatga uchrashni ham bilish kerak.
 
Marselo

Men Messi bilan bir necha yildan beri raqib sifatida to'p surgan bo'lsamda, u tomonidan biror marotaba bunday so'zlarni eshitmagan edim. Agarda bu musobaqa Janubiy Amerikaning boshqa bir davlatida bo'lganida ham bu tarkibimiz bilan chempionlik bizdan boshqasiga nasib etmagan bo'lar edi. Men mana bir necha yildan beri termaga chaqirilayotgan bo'lsamda, bunday kuchli Braziliya termasini ko'rmagan edim. Bizga o'z uyimizda bo'lgan mundialda Everton, Jezuz, Alison singari yosh iqtidorlar etishmagan edi. Hozirda Braziliyaning istalgan pozitsiyasida kuchli raqobat mavjud bo'lib, bu yosh yigitlarni ishlashga undamoqda. Braziliya avlodlar almashinuvini boshdan kechirib bo'ldi. Argentinada esa, bu endi boshlanmoqda. Messi buni to'g'ri tushunishi va bunga ko'nikma hosil qilishi kerak.

Everton

Tan olish lozim, biz Argentinaga qarshi uchrashuvda katta kuch yo'qotdik. Bu musobaqada hatto Paragvay bilan bo'lgan uchrashuv davomida ham asablarimiz jilovlangan edi. Messiga qarshi bahsda esa biz so'nggi daqiqalarda 2 : 0 hisobida oldinda borgan bo'lsakda, havotirda to'p surdik. O'sha bahs oldidan Tite bizga bu uchrashuvdagi g'alaba chempionlikka teng degan edi. Biz buni uddaladik va oxirida chempionlikni qo'lga kiritdik.  Messi tomonidan aytilayotgan so'zlar barchasi hissiyot bilan aytildi. U buyuk futbolchi va u kabi tug'ma futbolchilar qizishib ketgandagina bunday intervyu berishi mumkin. Shuni aniq ayta olamanki, butun boshli musobaqa ko'tarinki kayfiyatda o'tdi va Braziliya xaqli ravishda chempionlikka erishdi.

Tiago Silva

Ba'zan mag'lubiyatlardan so'ng, aybni doim atrofdagilardan qidirishga urunamiz. Biz «Barselona»ga 1 : 6 hisobida engilganimizda hakamlar juda ko'p ta'sir o'tkazishga urungan bo'lsada, biz mag'lubiyatni mardlarcha tan olgan edik. Hurmat saqlashimiz lozim edi. Bejizga Braziliya besh bor JChda g'olib chiqmagan. Bu g'alabalarning barchasi ofislarda emas, yashil maydondagi o'yinlari evaziga qo'lga kiritilgan sof yutuq desak, adashmagan bo'lamiz.

Kazimiro

Kimning og'zi bo'lsa, uning so'zlashga haqqi bor. Men hakamlar borasida hech narsa demoqchi emasman.  Faqat shuni aytishim shartki, ular qo'llaridan kelganicha shaffoflikni ta'minlashga harakat qilishdi. Shu o'rinda Peru termasini ajoyib ishtirok bilan tabriklamoqchiman. Argentina mag'lubiyatga uchrasa, Messi doimo aybdor izlaydi. U «Barselona» tarixidagi eng kuchli futbolchi bo'lsada, terma jamoada hech narsaga erisha olmadi. Uning terma bilan birorta sovringa ega chiqishiga ishonish qiyin.

Mavzu bo'yicha:

Tite - Messi haqida: "Men o'zga sayyoralik hisoblagan o'yinchi hurmatinibilishi va mag'lubiyatini tan olishi lozim"

KONMEBOL Messini diskvalifikatsiya qilishi mumkin

Messining qizil kartochkasi haqida Ronaldu fikr bildirdi

Maradona: «Messi hech qachon etakchi bo'lmaydi»

Ronaldino: «Umid qilaman, «Barselona» 10-raqamni umrbod Messiga taqdim qiladi»