17.05.2019, 12:10

Bolalar futbol murabbiylari «Navbahor» mashg'ulotlariga tashrif buyurishdi


O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari, bolalar-o'smirlar sport maktablarida faoliyat yuritayotgan murabbiylar malakasini oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.   Jumladan, akademiyalar va sport maktablarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar uchun malakali mutaxassislar ishtirokida turli master klasslar tashkil qilinyapti.    Namangan viloyatidagi bolalar futbol murabbiylari va tarbiyalanuvchilari "Navbahor" jamoasining mashg'ulotlariga tashrif buyurishdi.    Ular tajribali murabbiy Andrey Kanchelskis tomonidan o'tkazilgan mashg'ulotni kuzatib, tahlil qilishdi. Mashg'ulot olib borish jarayonida ahamiyat qaratish kerak bo'lgan jihatlar, mashg'ulot uslublari, tiklanish jarayoni haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi. 


Читайте также:

Surxondaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi murabbiylari «Surxon» klubi mashg'ulotlariga tashrif buyurishdi

Andijon akademiyasi tarbiyalanuvchilari «Andijon» klubi mashg'ulotlariga tashrif buyurishdi

Andijonda bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari uchun o'quv-seminari bo'lib o'tmoqda

Hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari uchun navbatdagi o'quv-seminari o'tkazilmoqda

Samarqand bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga "Dinamo-Plyus" futbol jamoasi tashrif buyurdi