16.05.2019, 12:30

Boku Katta dubulg'a turniridan keyin Olimpiada reytingidagi vaziyat bilan tanishing


O'tgan hafta Ozarbayjon poytaxtida dzyudo bo'yicha Katta dubulg'a turkumiga kiruvchi katta musobaqa o'z yakuniga etdi.

Musobaqa Tokio Olimpiadasiga ham yirik reyting ochkolarini taqdim etar edi. Tabiiyki, mazkur turnirdan keyin Olimpiada reytingida ham qator o'zgarishlar yuz berdi. -66 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhriddin Tilovov musobaqada beshinchi o'rinni qo'lga kiritgani evaziga 59-pog'onaga ko'tarilib oldi. Qayd etish joiz, ushbu vakilimiz bundan avvalgi reytingda kuchli 100 talikda ham bo'lmagan. Shuningdek, ushbu vazn toifasidagi vakilimiz Shahram Ahadov Olimpiada zonasidan chiqib ketdi. Osiyo-Okeaniya chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan keyin esa Sharofiddin Boltaboev (-81 kg), Diyora Keldiyorova (-52 kg) hamda Gulnoza Matniyazova (-70 kg) Olimpiadaga yo'llanma beruvchi zonaga kirdi. Batafsil:

-60 kg:
1. Robert Mshvidobadze (Rossiya) – 2251 ochko
8(8 avvalgi o'rni) . Sharofiddin Lutfullaev – 1255 ochko (yo'llanma zonasida)
40 (35). Diyorbek O'rozboev – 378 ochko (yo'llanma zonasida emas)
46(41). Kemran Nurillaev – 303 ochko (yo'llanma zonasida emas)

-66 kg:
1. Joshiro Maruyama (Yaponiya) – 2250 ochko
15(14). Sardor Nurullaev – 877 ochko (yo'llanma zonasida)
30(26). Shahram Ahadov – 569 ochko (yo'llanma zonasida emas)
59(+100). Muhriddin Tilovov – 260 ochko (yo'llanma zonasida emas)

-73 kg:
1. An Changrim (Janubiy Koreya) – 2395 ochko
13(16). Hikmatilloh To'raev – 1006 ochko (yo'llanma zonasida)

-81 kg:
1. Sagi Muki (Isroil) – 2300 ochko
40(39). Sharofiddin Boltaboev – 593 (yo'llanma zonasida)

-90 kg:
1. Nikoloz Sherazadishvili (Ispaniya) – 2651 ochko
55(55). Davlat Bobonov – 317 ochko (yo'llanma zonasida emas)

-100 kg:
1. Varlam Liparteliani (Gruziya) – 2351 ochko
21(24). Muhammadkarim Xurramov – 801 (yo'llanma zonasida)

+100 kg:
1. Guram Tushishvili (Gruziya) – 2255 ochko
7(5). Bekmurod Oltiboev – 1360 ochko (yo'llanma zonasida)

Ayollar:
-52 kg:
1.Amandin Bushar (Frantsiya) – 2475 ochko
26. Diyora Keldiyorova – 547 ochko (yo'llanma zonasida)

-70 kg:
1. Chizuru Arai (Yaponiya) – 2175 ochko
33. Gulnoza Matniyazova – 482 ochko (qit'aviy kvota)

Eslatma!
– Yuqorida faqat Olimpiada reytingi keltirib o'tilgan, jahon reytingi emas.
– Reytingda etakchi va unga eng yaqin vakillarimiz ko'rsatilgan.
– Bir vaznda 2 yoki undan ortiq dzyudochi yo'llanma zonasida bo'lsa, qaysi sportchi Olimpiadaga borishini MOQ va federatsiya tanlaydi.
– Olimpiada reytingini yig'ish 2020 yilning 25 may sanasida yakunlanadi.

Читайте также:

Muhriddin Tilovov yarim finalda

Bugun Boku «Katta dubulg'a» turniri start oladi

Boku «Katta dubulg'a» turniriga qur'a tashlandi

Antalya Gran-prisidan keyin Olimpiada reytingiga nazar

Dzyudochilarimiz Ekaterinburg «Katta dubulg'a» turnirida ishtirok etishadi