05.10.2018, 14:00

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Sportchilarimiz Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rishmoqda


Shu yilning 20-25 oktyabr kunlari Samarqanddagi maxsus eshkak eshish majmuasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi.

Terma jamoamiz murabbiylar Vialita Shubina va Mixal Bruzchalskiylar qo'l ostida ushbu musobaqaga tayyorgarlikni boshlab yuborganlar. O'quv-mashg'ulot yig'inlarida Vadim Menkov, Nurislom To'xtasin o'g'li, Gerasim Kochnev, Serik Mirbekov, Aleksey Mochalov, Aleksandr Tropin, Ekaterina Shubina, Kseniya Kochneva, Kseniya Kalinina, Ernest Irnazarovlar ishtirok etmoqdalar.

O'quv-mashg'ulot yig'inlari 17 oktyabrga qadar davom etadi.

Читайте также:

O'zbek sporti uchun navbatdagi rekord: Buenos-Ayresdagi o'smirlar Olimpiadasida 36 nafar sportchi bilan ishtirok etamiz

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. O'zbekiston Kubogining ikkinchi bosqichi start olmoqda

Slalomda eshkak eshish. Mustaqilligimizning 27 yilligiga bag'ishlangan musobaqa boshlandi

Osiyo o'yinlari-2018. Kunning ilk medali— kumush!

Chexiyada akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati start olmoqda