Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 16:56
KirishRo'yxatdan o'tish
"Bavariya" Rimda "yayragan" o'yinda, "Latsio"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
  24 Fevral, 03:50  23

.

Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi, dastlabki uchrashuvlaridan o'rin olgan navbatdagi bahs, Rimdagi "Odimpiko" o'yingohida kechdi va unda Italiyaga safar qilgan Myunxenning "Bavariya" jamoasi o'z raqibini yirik, 4:1 hisobida taslim etdi.

O'yinning dastlabki daqiqalaridayoq xatoga yul ko'ygan "Latsio" futbolchilari "Bavariya"ning birinchi goli kiritilishiga sabab bo'lishdi. Keyinchalik esa, birinchi taymning o'zida myunxenliklar raqib darvozasiga yana ikkita to'p kiritishdi. Natijada, maydon egalari tanaffusga mag'lub holatda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limda esa mezbonlar vakili avtogol muallifiga aylandi va hisob 0:4 ko'rinishiga keldi. Ushbu hodisadan biroz vaqt o'tgach "Latsio" gol o'rdi. Ammo rimliklarning ushbu foydali harakati na g'alaba va na durangni taminlab berdi. Oxir-oqibat hisob o'zgarmadi, 1:4. "Bavariya" Myunxenga ko'ngildagidek kayfiyat bilan qaytadi.

"Latsio" Italiya – "Bavariya" Germaniya 1:4 (0:3, 1:1) «Stadio Olimpiko»

Gollar: 0:1 – 9 Levandovski, 0:2 – 24 Musiala, 0:3 – 42 Sane, 0:4 – 47, avtogol Acherbi, 1:4 – 49 Korrea.

"Latsio" – Reyna, Acherbi, Musakko (Lulich, 31), Gabarron (Xudt, 53), Latstsari, Leyva (Eskalante, 53), Marushich, Luis Alberto (Akpa-Akpro, 81), Milinkovich-Savich (Kataldi, 81), Korrea, Immobile.

"Bavariya" – Noyer, Zyule, Alaba, Boateng, Devis, Kimmix, Musiala (Shupo-Moting, 90), Sane (Sarr, 90), Gorettska (Xavi Martines, 63), Koman (Lyuka Ernandes, 75), Levandovski.

Ogohlantirishlar:
Luis Alberto (28), Leyva (51), Korrea (57), Marushich (65), Eskalante (69), Kimmix (72), Koman (75).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»