21.02.2019, 20:40

«Barselona» skautlari «razvedka» qilish uchun Frantsiyaga borishdi

“Barselona” skautlari “Lill” – “Monpele” uchrashuviga borishdi.

Kataloniya klubi vakillari “Lill” klubining ikki nafar futbolchilari Nikolya Pepe va Rafael Leauni o'yinini kuzatishgan.

Nikolya Pepening xizmatiga “Bavariya”, “Borussiya”, “Arsenal” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirib turgan edi.

Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum Pepe 25 ta o'yinda 16 ta gol urdi. Leau esa 15 ta o'yinda maydonga tushib 7 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Mavzu bo'yicha:

«Barselona» 3 futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

«Barselona» «Portu» futbolchisini sotib olmoqchi

«MYu» frantsiyalik futbolchini kuzatyapti

U-18 birinchiligi: 12-tur diskvalifikatsiyalari

O'zbekistonning Osiyo o'yinlaridagi ishtiroki: Bangkok-1998