27.09.2018, 21:30

«Barselona» Pogbaning transferidan voz kechishi mumkin


«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogbaning «Barselona»ga o'tish ehtimoli yo'qqa chiqishi mumkin. Kataloniyaliklar 25 yoshli futbolchining xizmatiga qiziqish bildirishayotgandi. Ammo uning umumiy transfer summasi qimmatga tushayotgani uchun "Barsa" Pogbani qo'lga kiritish fikridan voz kechishi mumkin.

«Barselona» frantsiyalik futbolchi uchun «MYu»ga kamida 100 million evro to'lashi lozim. Shuningdek, Pol 12 million evro miqdorida yillik maosh talab qiladi. Bundan tashqari, futbolchining agenti hisoblangan Mina Rayolaning xizmat haqi ham oz summani tashkil qilmaydi.

«Ko'k-anorranglilar» Pogbaning transferidan voz kechsa, «PSJ», «Yuventus» va «Real» futbolchi uchun da'vogarga aylanadi.

Читайте также:

Ronaldu – A seriyaning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi (+top-20)

Evropa ligasi. Guruh bosqichi ishtirokilari qur'a savatchalariga joylashdilar

EChL, qur'a: Savatchalar tarkibi ma'lum

Evropa Ligasi saralash pley-offlariga qur'a tashlandi

APL-2018/19. Mavsum «MYu» – «Lester» bahsi bilan boshlanadi