26.10.2018, 20:50

«Barselona» Neymarni qo'lga kiritish uchun o'z futbolchisini «PSJ»ga taklif qilmoqchi

«Barselona» klubi «PSJ» hujumchisi Neymarni jamoaga qaytarishga harakat qilib ko'radi. Kataloniyaliklar braziliyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun Usmon Dembeleni parijliklarga berishga tayyor.

"PSJ" rahbariyati mazkur taklifni ko'rib chiqishga tayyor. Murabbiylar shtabining taxminicha, Dembele va Kilian Mbappe birgalikda Frantsiya terma jamoasi safida erishgan yutuqni klub darajasida ham takrorlashi mumkin. Har ikkala futbolchi yozda Rossiya bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, Neymar 2013-2017 yillarda «Barselona» sharafini himoya qilgan.

Mavzu bo'yicha:

Kavani «Napoli»ga qaytishi mumkin, agar...

Neymar «Barselona»ga qaytishni istamoqda

«Barselona» «Ayaks»ning ikki futbolchisi uchun katta mablag' sarflashga tayyor

Frantsiya terma jamoasining Islandiya va Germaniyaga qarshi o'yinlar uchun kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi

«Barselona» Pogbaning transferidan voz kechishi mumkin