04.07.2019, 10:20

"Barselona" Neymar uchun 170 mln evrodan ortiq to'lamaydi


"Barselona" klubi "PSJ" hujumchisi Neymarning transferi uchun pul to'lashga tayyor, ammo 170 mln evrodan ortiq emas.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniyaliklar bu summani braziliyalik futbolchining kelasi yilgi shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilishini istamoqdalar. Shuningdek, Neymarning transferi bo'yicha kelishuvga Ivan Rakitich, Usmon Dembele, Filippe Koutino va Samuel Umtiti qo'shilishi mumkin.

Neymar 2017 yilning yozida 222 mln evro evaziga "Barselona"dan "PSJ"ga o'tgan edi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha tuzilgan.

Читайте также:

«Barselona» Grizmann uchun 120 mln evrodan ortiq pul to'lamaydi

«Barselona» Neymar uchun «PSJ»ga 100 million evro va 3 futbolchini taklif qildi

Mundo Deportivo: 2020 yilda Neymarning shartnomasi tovon puli kuchga kiradi

Frenki de Yongning «Barselona»dagi tovon puli aniq bo'ldi

Messi Neymarning «Barselona»ga qaytishiga rozilik berdi