16.05.2019, 09:30

«Barselona» Grizmannga taklif qilayotgan maosh miqdori aniq bo'ldi


«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann «Barselona» bilan muzokara olib bormoqda.

L’Equipe tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 17 million evro maosh oladi. Bu summa Grizmanning hozir «Atletiko»da olayotgan maoshiga nisbatan 6 million evroga kam.

Shuningdek, manbaga ko'ra, «PSJ» Grizmannga «Barselona»ga nisbatan ko'proq maosh taklif qilmoqda.

Hujumchining "matraschilar" bilan tuzilgan shartnomasidagi tovon puli 1 iyuldan 120 million evroni tashkil qiladi. Futbolchi 14 may kuni "Atletiko"ni tark etayotgani haqida xabar tarqatdi. U 2014 yildan beri klub safida 256ta o'yinda maydonga tushib, 133ta gol urdi va 50ta golga uzatma berdi.

Читайте также:

Breaking News! Grizmann yozda «Atletiko»ni tark etadi

Godin «Inter»ning eng ko'p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi

«Inter» Rakitichga «Barselona»ga nisbatan ko'proq maosh to'lamoqchi

Evropaning eng ko'p maosh oladigan futbolchilari e'lon qilindi

Jahonning eng ko'p maosh oladigan futbolchilari reytingi e'lon qilindi