13.07.2019, 00:30

«Barselona»ga Braziliya termasi himoyachisi kerak emas

Mundo Deportivoga ko'ra, Katoloniya klubi 33 yoshli sobiq "Atletiko" futbolchisi bilan shartnoma imzolash niyatida emasligini ma'lum qildi.

Bunday qarorning sababi futbolchining yoshiga bog'liq. Ular yoshroq futbolchi bilan chap qanot himoyasini mustahkamlashni istaydilar.

Eslatib o'tamiz, hozirda Filipe Luis erkin agent sifatida jamoasiz turibdi, ammo "Atletiko" uni qaytarib, yana bir yilga shartnoma imzolashga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Mavzu bo'yicha:

Rasman! Errera "Atletiko" futbolchisi

"Borussiya" "Barselona"ning sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

«Barselona» Albaga o'rinbosar izlamoqda

«Real Madrid»ning sobiq futbolchisi APL klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Mourino jamoasida «Atletiko» futbolchisini ko'rmoqchi