17.05.2019, 12:00

«Barselona» De Ligt uchun kurashdan chiqishi mumkin


Kataloniyaning “Barselona” klubi Gollandiya terma jamoasi va “Ayaks”ning 19 yoshli himoyachisi Matteys De Ligtni yozda tarkibga qo'shib olish bo'yicha bir to'xtamga kela olmagan.

Ma'lum bo'lishicha, tomonlar futbolchiga to'lanadigan maosh borasida kelisha olmayapti. “Ko'k-anorranglilar” futbolchiga yiliga 7 million evro maosh taklif qilmoqda va bu narxni ko'tarish niyati yo'q. Ammo bu qiymat “Ayaks”ning yosh sardorini qoniqtirmayapti. Shu sababdan De Ligt boshqa jamoa bilan muzokaralar boshlashga tayyor.

Oldinroq, “Barselona”ning futbolchi bilan shartnoma imzolab bo'lgani borasida ma'lumotlar tarqalgan edi.

Читайте также:

"Barselona" tez orada de Ligt transferini rasman e'lon qiladi

De Ligt "MYu"ning katta miqdordagi maosh taklifini rad etdi

"Barselona" avval "Ayaks"ni ko'ndirsin. De Ligt shuni xohlamoqda

"Barselona" de Ligt uchun "Ayaks"ga 4 ta futbolchisini bermoqchi

«Barselona» De Ligt borasida muzokara o'tkazishni boshladi