14.01.2020, 08:00

«Barselona» 17 yil ichida ilk marta mavsum o'rtasida murabbiyni iste'foga chiqardi

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde o'z lavozimini tark etdi. Klub va mutaxassis shartnomani muddatidan avval bekor qilish haqida kelishuvga erishishdi.

Uning o'rniga kataloniyaliklar «Betis» klubi sobiq bosh murabbiyi Kike Setenni bosh murabbiy etib tayinlashdi.

«Barsa» 2003 yildan beri ilk marta mavsum o'rtasida murabbiyni iste'foga chiqardi. O'shanda kataloniyaliklar birinchi o'rindagi jamoadan 20 ochko ortda qolib ketishgani uchun Lui van Gal bilan shartnomani bekor qilishgan edi.

Ayni paytda «Barsa» La ligada peshqadamlik qilmoqda. Jamoa to'plar farqiga ko'ra «Real»ni ortda qoldirmoqda.



Manba: std.uz

Mavzu bo'yicha:

Rasman! Valverde ketdi, «Barselona»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Jurnalist: «Valverde bir necha kundan keyin iste'foga chiqarilishi mumkin»

«Monako» Jardimni iste'foga chiqarib, yangi bosh murabbiyni tayinladi

Manba: «Valensiya» bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

«Manchester Yunayted» qanday holatda Mourinoni iste'foga chiqarishi aniq bo'ldi