12.07.2019, 21:50

Barella «Inter»da tibbiy ko'rikdan o'tmoqda

"Kalyari" yarim himoyachisi Nikolo Barella "Inter"da faoliyatini davom ettirishga yaqin.

Bugun ertalab 22 yoshli futbolchi tibbiy tekshiruvning birinchi qismini yakunladi.

Tibbiy tekshiruvning ikkinchi qismidan so'ng Barella "Inter" bilan shartnoma tuzadi va yangi jamoa bilan mashg'ulot yig'iniga boradi.

Sky Sport Italia ma'lumotiga ko'ra, "Inter" bilan futbolchining shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan.

Shuningdek, transfer qiymati 45 mln evroni tashkil qiladi.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Barella "A" Seriyada 35 ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urgan.

Mavzu bo'yicha:

«Inter» sotib olish sharti bilan «Kalyari» futbolchisini ijaraga oladi

«Inter» ilk transferni amalga oshirishga yaqin

Baribir bu ro'y berdi! Godin «Inter»da tibbiy ko'rikdan o'tdi

«Napoli» va «Inter» Barella uchun kurashishadi

«Inter» yosh vunderkindni cafiga qo'shib olmoqchi