13.10.2018, 14:10

Bahrom Mendiboev: «Kumush Fayzullaeva Osiyo va jahon chempioni!»


Kecha og'ir atletikachimiz Kumushxon Fayzullaeva -63 kg vazn toifasida eng yaxshi natijani ko'rsatib, oltin medalga sazovor bo'ldi. Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng terma jamoamiz murabbiyi Bahrom Mendiboev fikrlarini bildirib o'tdi.

“Kumushxon Fayzullaeva o'smirlar Olimpiya o'yinlarining oltin medaligacha bo'lgan yo'lni uzoq vaqt davomida bosib o'tdi. U 2018 yilgi Osiyo va jahon chempionidir. Olimpiya o'yinlarida bizga Shimoliy Koreya, Tailand va Bolgariya kabi mamlakat sportchilari asosiy raqib hisoblanardilar. Biz ularni yaxshilab o'rganib chiqqandik. Shimoliya Koreya sportchisi xato sababli o'z ishtirokini davom ettira olmadi. Bolgariyalik sportchi qiz esa o'smirlar o'rtasidagi Evropa chempioni hisoblanadi. Raqiblar kuchli edi, biroq biz ularni mag'lub eta oldik. Bunday natijalar bizni yanada ruxlantiradi. Endi noyabr oyida Ashxobodda kattalar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tadi. Kumushxon u erda ham ishtirok etadi.

Fursatdan foydalanib, yaratib berilgan sharoitlar uchun Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasiga minnatdorchilik bildiraman. O'zbekiston hukumati sportga katta e'tibor qaratmoqda. Biz esa o'z navbatida yuqori natijalar orqali bildirilgan ishonchni oqlaymiz”, – dedi murabbiy.

Читайте также:

Kumushxon Fayzullaeva: «Bu musobaqa o'zoq tayyorlandim»

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Islomjon Abdusalomov kumush medal sohibi

Kumushxon Fayzullaeva o'smirlar Olimpiadasi chempioni!

Argentinadan eksklyuziv. Kumush medal sohibi Muhammadqodir va uning ustozi muvaffaqiyatdan so'ng qanday fikrda?

Yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida Muhammadrasul Rahimov O'zbekiston bayroqdori bo'ladi!