11.07.2019, 18:30

Bahodir Nasimov: “Navbahor”dan yoqimli xotiralar qoldi”


Jamoamizning tajribali hujumchisi Bahodir Nasimov kuni kecha “Navbahor” safini tark etdi. “Lochinlar” tarkibini tark etish arafasida tajribali futbolchi klubimiz rasmiy veb-sayti uchun maxsus intervyu berdi. Quyida uning fikrlarini e'tiboringizga havola etamiz.

- “Navbahor” mamlakatimiz va Osiyo futbolida o'z o'rniga ega klublardan biri hisoblanadi. Shu sababli, joriy mavsum arafasida namanganliklar tarkibiga yaxshi niyatlar bilan qo'shilgandim. Ammo jamoa asosan bir hujumchi bilan harakat qilganligi bois, Coca Cola Superliga bahslarida boshlang'ich tarkibda harakat qilgan rossiyalik futbolchi Aleksandr Kasyanning o'rniga zaxiradan maydonga tushdim. Biroq shu yoshimda menga zaxira o'rindig'ida o'tirish yarashmaydi.

Shu sababli, yozgi transfer “darchasi” paytida o'zimga boshqa jamoa topishga qaror qildim. Ushbu masalada klub rahbariyati hamda murabbiylar shtabi bilan gaplashdim va ular meni to'g'ri tushunib, keyingi faoliyatimda omad tilashdi.

O'z navbatida ta'kidlash joizki, “Navbahor”ni yoqimli xotiralar bilan tark etyapman. Fursatdan foydalanib, jamoamizga yaxshi sharoitlarni yaratib berayotgan hamda meni qo'llab-quvvatlagan Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Hayitbaevich Bozarov, shuningdek, klub rahbariyati va muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Jamoa bu yil o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishib, sovrindorlar qatoridan joy olishi hamda O'zbekiston kubogi sohibi bo'lishiga tilakdoshman.

“Navbahor”ga 2-davra bahslarida omad yor bo'lishini tilayman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Читайте также:

«Navbahor» hujumchisi ham jamoani tark etdi

Elman Tagaev: «Navbahor»ga kerakligimni isbotlayman»

«Navbahor» Antaliyadagi so'nggi nazorat o'yinida durang o'ynadi

«Navbahor» Krimdagi so'nggi bahsda ham g'alaba qozondi

«Navbahor» nazorat o'yinida Krim klubini mag'lub etdi