10.04.2019, 10:30

Bahodir Jalolov bugun titul kamari uchun jang qiladi

Bugun professional boksda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz Bahodir Jalolov o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Biroq kecha raqib o'zgargani ma'lum bo'ldi.

Dastavval tarqatilgan ma'lumotlarga ko'ra, yurtdoshimiz amerikalik Palmer Donnie bilan jang qilishi kerak edi. Ammo hamyurtimiz va uning menejerlari kelishgan holda oltinchi jangda titul kamari uchun bahs olib borishni lozim topishdi.

Shu tariqa, yurtdoshimiz bugun vakant turgan “NABF Junior Heavyweight Title” kamari uchun amerikalik Brendan Barretga qarshi jang qiladi. Ma'lumot uchun, Barret shu paytgacha 11 marta jang olib borgan bo'lib, 7 bor g'alaba qozongan, shuningdek, uning hisobida 2 tadan mag'lubiyat va durang ham mavjud. Hamyurtimiz uchun bu oltinchi jang bo'ladi. Jalolov avvalgi barcha bellashuvlarda muddatidan avval raqiblarini er tishlatgan. Bo'lajak jangga Nyu-York shahri mezbonlik qilib, bahs Toshkent vaqti bilan ertaga ertalab boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, Bahodir Jalolov 16-27 aprel kunlari Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ham yurtimiz shrafini himoya qiladi.

Mavzu bo'yicha:

Bahodir Jalolov raqibini qay tarzda mag'lub etdi? (VIDEO)

Bahodir Jalolovdan yana bir super nokaut

Jangga 2 kun qolganida Bahodir Jalolovning raqibi o'zgardi

Bahodir Jalolov professional boksdagi uchinchi jangida ham nokaut evaziga g'alaba qozondi

Bahodir Jalolov ertaga professional boksdagi navbatdagi jangini o'tkazadi