12.09.2018, 01:00

Badiiy gimnastikachilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi

10-16 sentyabr kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo'yicha XXXVI jahon chempionati o'tkazilmoqda.

Musobaqada jahonning 58 mamlakatidan eng sara gimnastikachilar bahslarga kirishishgan. Yakkalik dasturda Sabina Tashkenbaeva, Nurinisso Usmanova va Dildora Rahmatovalar yurtimiz sharafini himoya qilmoqdalar.

Musobaqa doirasida 9 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi. Sportchilar yakkalik ko'pkurash, jamoaviy ko'pkurash, xalqa, to'p, bulava hamda tasma bo'yicha o'tkaziladigan mashqlarda sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. Jamoviy bahslarda esa ko'pkurash, 5 ta xalqadagi mashqlar finali, 3 ta to'p va 2 ta arqon bilan mashqlar finali musobaqa dasturidan o'rin olgan.

Ma'lumot uchun, ushbu jahon chempionatida jamoaviy ko'pkurash bo'yicha Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga dastlabki litsenziyalar o'ynaladi.

Mavzu bo'yicha:

Taekvondochilarimiz Qozog'istondagi reyting musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Osiyo o'yinlari. To'qqizinchi kunda uchta medalga ega chiqdik

Osiyo o'yinlari. Badiiy gimnastikachilarimizda KUMUSh medal

Gimnastikachilarimiz Osiyo o'yinlari oldidan Jahon kubogida ishtirok etadilar

Chexiyada akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati start olmoqda