Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 11:05
KirishRo'yxatdan o'tish
Azizjon Kamilov Bishkekda Osiyo dzyudo federaciyasi prezidenti bilan uchrashdi
  8 Aprel, 19:35  4

.

Ayni paytda Bishkek shahrida bo'lib turgan O'zbekiston MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov tashrif davomida Osiyo dzyudo federaciyasi prezidenti Obayd al Anzi bilan uchrashdi.

Suhbat davomida o'zaro hamkorlik masalalariga doir bir qator rejalar muhokama qilindi.

Qayd etish joiz, dzyudochilarimiz Olimpiya o'yinlarida terma jamoamiz hisobiga ilk medallarni taqdim etib kelishgan. Bu esa mamlakatimizda ushbu sportning yanada ommalashishiga katta turtkidir. Obayd al Anzi suhbat davomida o'tgan oy Toshkent mezbonlik qilgan “Katta dubulg'a” musobaqasining yuqori saviyada tashkil etilganini alohida takidladi. O'z navbatida Azizjon Kamilov Prezidentimizning yurtimizda sog'lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport targ'ibotini har tomonlama qo'llab-quvvatlayotgani haqida gapirib berdi.

Uchrashuvda rasmiylar kelasi yil mamlakatimizda o'tadigan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik, ushbu sport turini O'zbekistonda yanada ommalashtirish, “Maktablarda dzyudo” dasturi bo'yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari bo'yicha atroflicha suhbatlashishdi. Yakunda Azizjon Kamilov samimiy muloqot uchun tashakkur aytib, O'zbekiston dzyudo federaciyasining esdalik sovg'alarini taqdim qildi.


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»