31.01.2019, 17:40

Azizbek Amonov ham «Surxon» jamoasi safiga kelib qo'shildi


«Surxon» jamoasi o'z tarkibini tajribali futbolchilar bilan to'ldirishda davom etadi.

Bir necha yillardan beri Toshkentning «Lokomotiv» jamoasida o'zining yorqin o'yinlari bilan tanilgan, yosh va umidli iqtidor egasi Azizbek Amonov «Surxon» jamoasi tarkibiga kelib qo'shildi.

Futbolchi jamoaning kechagi mashg'ulotlarida ishtirok etdi.

Ma'lumot uchun, Azizbek Amonov 1997 yilning 30-oktyabr kuni tavallud topgan. Bir qancha pozitsiyalarda to'p sura oladi.

«Lokomotiv» jamoasi bilan Osiyo chempionlar ligasi bahslarida ham ishtirok etgan.

«Surxon» PFK matbuot xizmati

Читайте также:

O'zbekiston OTJ a'zosi «Surxon» jamoasi safiga kelib qo'shildi

«Surxon» nazorat o'yinida «Buxoro»ni mag'lub etdi

«Surxon» «Paxtakor» futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

Sherzod Karimov «Surxon» jamoasi mashg'ulotlariga kelib qo'shildi

«Surxon» «Paxtakor» bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi!