12.06.2019, 12:30

Azar Ronalduning "Real"dagi birinchi rekordini takrorlashi mumkin


Payshanba kuni, 13 iyunda "Real" Azarni tanishtirish marosimini o'tkazadi. Bu haqda "Marca" yozmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu tanishtiruvga "Santyago Bernabeu"ga 70 000 dan ziyod muxlis kelishi kutilmoqda. 2009 yilda Ronalduni tanishtirish marosimiga aynan shuncha odam tashrif buyurgan.

Xabarlarga qaraganda, "Real" rahbariyati Azarni tanishtirish marosimini keng ko'lamdagi tadbirga aylantirmoqchi. Buning uchun stadionda mehmonlarga kutilmagan syurprizlar tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Читайте также:

"Real" Azarga intervyu berishni taqiqladi

"Real" Azar uchun "Chelsi"ga taklif qilgan summa ma'lum bo'ldi

"Real" Azarni qachon rasman tanishtirishi ma'lum bo'ldi

"Real" qishda Azarni, yozda Neymarni sotib olmoqchi

UZREPORT TV Ektor Kuperning tanishtirish marosimini jonli tarzda ko'rsatadi