21.09.2018, 22:20

Ayollar kurashi. Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qizlarimiz kumush medalga sazovor bo'ldilar

Xabar berib o'tganimizdek, Slovakiyaning Trnava shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

-53kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Aktenge Keunimjaeva musobaqa davomida Belarus, Mo'g'uliston, Ozarbayjon, AQSh vakillarini mag'lubiyatga uchratib, finalgacha etib borgani haqida ma'lum qilgandik. Afsuski, u finalda yaponiyalik Umi Imaiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi.

-62 kg vazn toifasida bellashuvlarda ishtirok etgan Nabira Esenbaeva esa Qozog'iston, Belarus, Italiya sportchilaridan ustun kelib hal qiluvchi bahslarga etib keldi. Finalda esa yaponiyalik Atena Kodamaga qarshi gilamga chiqdi va mag'lub bo'ldi. Yakunda u ham kumush medaliga sazovor bo'ldi.

Qayd etish lozimki, ayollar kurashi bo'yicha bahslarda sportchilarimiz yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ilk marotaba finalgacha etib kela olishdi.

Jahon chempionati davom etmoqda.

Mavzu bo'yicha:

Sport kurashlari. Tarixda ilk marotaba qizlarimiz yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati finaliga chiqishdi

Sport kurashlari. Yosh polvonimiz jahon chempionatining kumush medaliga ega chiqdi

Osiyo o'yinlari. To'qqizinchi kunda uchta medalga ega chiqdik

Osiyo o'yinlari. Bugungi bahslarda sportchilarimiz 3ta medal qo'lga kiritishdi

Chexiyada akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati start olmoqda