14.06.2019, 21:30

Ayollar futboli: 1-liga bahslari start oldi


Mamlakat chempionatining yuqori divizioni jamoalari mavsumning birinchi bosqich o'yinlarini yakunlash arafasida, kuchlilar ikkinchi bosqichda yana musobaqani davom ettirishadi.

Kecha O'zbekiston Kubogiga ham qur'a tashlandi. Unda oliy liganing 15ta va 1-liganing bitta jamoasi nimchorak final o'yinlaridan bahslarga kirishishi ma'lum bo'ldi. Toshkent viloyatining Qibray shaharchasida joylashgan shu nomdagi stadionda esa qizlar o'rtasida 1-liga musobaqalari start oldi va birinchi tur o'yinlari o'tkazildi.

1-turni AGMK-2 jamoasi qizlari yuqori kayfiyatda o'tkaza oldi va yakunda peshqadamga aylandi.

 

1-liga. 1-tur. 12-14 iyun. “Qibray” sport majmuasi.

Ishtirokchilar: “Xorazm” (Urganch), “Sevinch-2” (Qarshi), AGMK-2 (Olmaliq), “Kimyogar” (Chirchiq).

 

Qayd etilgan natijalar:

12 iyun 

“Xorazm” - “Sevinch-2” - 5:2

“Kimyogar” - AGMK-2 -  -:+

 

13 iyun

“Xorazm” - “Kimyogar” – 4:1

AGMK-2” - “Sevinch-2” – 4:0

 

14 iyun

“Sevinch-2” -  “Kimyogar”– 3:0

“Xorazm” - AGMK-2 – 0:4

 

Shu tariqa 1-turdan keyingi AGMK-2 jamoasi yuz foizli natija bilan peshqadam bo'lib turibdi. “Xorazm” 6 ochko bilan ikkinchi, “Sevinch-2” esa uch ochko bilan uchinchi o'rinni band etyapti. “Kimyogar” jamoasida hali ochko yo'q. 

Navbatdagi 2-tur o'yinlari avgust oyiga belgilangan.

Читайте также:

Bugun ayollar futboli bo'yicha XVIII O'zbekiston Kubogiga qur'a tashlanadi

Ayollar futboli: O'zbekiston milliy birinchiligi bahslari taqvimi tasdiqlandi

Liga Kubogi. «Andijon», AGMK, «Dinamo» va «Lokomotiv»da g'alaba

Ayollar futboli bo'yicha mamlakat chempionati Superliga o'yinlari taqvimi

Futzal: O'zbekiston XXIII milliy chempionatiga qur'a tashlandi. To'liq taqvim