17.05.2019, 09:00

«Ayaks»ning 2018/19 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniq bo'ldi


«Ayaks» yarim himoyachisi Hakim Ziyosh jamoaning 2018/19 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda amsterdamliklarning Tvitterdagi sahifasi xabar tarqatdi.

26 yoshli marokashlik futbolchi "Ayaks" safida uchinchi mavsumini o'tkazmoqda. U mazkur mavsumda jamoa safida barcha musobaqalar doirasida 49ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 24ta golga uzatma berdi.

Hakim Ziyoshga Evropaning bir nechta klublari tomonidan qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali uning transferi narxini 35 million evroga baholagan.

Читайте также:

«Chelsi»ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Pogbaning transferi amalga oshmasa, «Real» «Ayaks» futbolchisini sotib olmoqchi

Ronaldu – «Yuventus»ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi (video)

Rakitichga 4ta top-klub qiziqish bildirmoqda

«Barselona» qishda 3 nafar kuchli futbolchidan birini sotib oladi