26.08.2018, 23:00

Avgust oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz bering


O'zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o'tkazib kelayotgan so'rovnomasini davom ettiradi.   

Mazkur so'rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da bo'ladigan so'rovnoma orqali qabul qilinmoqda.

Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. O'tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator futbolchilar ajoyib o'yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo'ldi.  Jumladan, Islom Isoqjonov, Ismoil Gonsalvesh, Jasur Hasanov, Darko Nikach hamda Zohir Pirimov ham raqib darvozasini ishg'ol etib, ham uchrashuvlarda ishonchli o'yin ko'rsatib, jamoalariga muhim ochkolarni qo'lga kiritishda ko'mak berishdi.

Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar: 

Nomzod

Klub

Erishdi

Islom Isoqjonov

Metallurg

3 o'yin, 4 gol, 1 assist

Ismoil Gonsalvesh

Paxtakor

3 o'yin, 3 gol

Jasur Hasanov

AGMK

3 o'yin, 2 gol, 2 assist

Darko Nikach

Navbahor

3 o'yin, 2 gol

Zohir Pirimov

AGMK

3 o'yin, 1 gol, 2 assist

Avgust oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz bering

Читайте также:

Avgust oyining eng yaxshi murabbiyini aniqlash uchun ovoz bering

Avgust oyining eng yaxshi darvozabonini aniqlash uchun ovoz bering

Avgust oyining eng chiroyli goliga ovoz bering

Iyul oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish boshlandi

PEPSI Superliga. Iyul oyining eng chiroyli goliga ovoz bering (Video)