26.08.2018, 14:30

Avgust oyining eng yaxshi darvozabonini aniqlash uchun ovoz bering


O'zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o'tkazib kelayotgan so'rovnomasini davom ettiradi. 

Mazkur so'rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da bo'ladigan so'rovnoma orqali qabul qilinadi. 

Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. O'tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o'yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo'lishdi.  

Jumladan, Akbar To'raev, Roman Abdulov, Ignatiy Nesterov hamda Eldor Suyunov qolganlarga nisbatan yaxshiroq ko'rsatkich qayd etishdi. Mazkur nomzodlar ichida Suyunov 5-marta oyning eng yaxshisi bo'lish uchun da'vogarlar qatoridan o'rin olganini qayd etish joiz. 

 

Avgust oyining eng yaxshi darvozaboni bo'lish uchun nomzodlar:

 

Nomzod

Klub

Erishdi

Akbar To'raev

Navbahor

2 o'yin, 1 quruq o'yin, 5 ta seyv

Roman Abdulov

AGMK

3 o'yin, 1 quruq o'yin, 7 seyv

Ignatiy Nesterov

Lokomotiv

3 o'yin, 1 quruq o'yin, 4 seyv

Eldor Suyunov

Paxtakor

3 o'yin, 1 quruq o'yin, 4 seyv

Avgust oyining eng yaxshi darvozabonini aniqlash uchun ovoz bering

Читайте также:

Avgust oyining eng chiroyli goliga ovoz bering

Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni – Eldor Suyunov

PEPSI Superliga. Iyul oyining eng chiroyli goliga ovoz bering (Video)

Iyul oyining eng yaxshi murabbiyiga ovoz bering

Iyul oyining eng yaxshi darvozabonini aniqlash uchun ovoz berish boshlandi