08.09.2018, 19:00

Avgust oyining eng yaxshi darvozaboni – Ignatiy Nesterov


Bilasiz, O'zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so'rovnomada PEPSI  Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnoma orqali qabul qilindi. 

Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. O'tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o'yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo'lishdi.   

So'rovnoma yakunlariga ko'ra, “Lokomotiv” jamoasi posboni – Ignatiy Nesterov eng ko'p ovoz to'plashga muvaffaq bo'ldi. Nesterovni 10 nafar murabbiy va sardor 1-pog'onaga loyiq ko'rishdi. Shuningdek, muxlislar o'rtasida tashkil etilgan so'rovnomada Nesterov Akbar To'raevdan so'ng 2-o'rindan joy oldi va qo'shimcha 4 ochkoga ega bo'ldi. Yakunda, Ignatiy Nesterov 51, Akbar To'raev 41 hamda Eldor Suyunov 39 ochko jamg'arishga erishdi. 

Shu tariqa, Ignatiy Nesterov joriy yilgi mavsumda ilk bor oy laureatiga aylandi.  

Читайте также:

Avgust oyining eng chiroyli goli muallifi – San'at Shixov

Avgust oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz bering

Avgust oyining eng yaxshi darvozabonini aniqlash uchun ovoz bering

Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni – Eldor Suyunov

Iyul oyining eng chiroyli goli muallifi – Sherzod Hakimov