08.09.2018, 18:30

Avgust oyining eng chiroyli goli muallifi – San'at Shixov


Bilasiz, O'zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so'rovnomada PEPSISuperliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnoma orqali qabul qilindi.

Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. O'tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator futbolchilar raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo'lishdi.  

O'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra, “Buxoro” jamoasi a'zosi San'at Shixov eng ko'p ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. “Metallurg” darvozasini qoyilmaqom tarzda ishg'ol etgan Shixovni 7 nafar murabbiy va sardor 1-o'ringa loyiq ko'rdi.  Qolaversa, muxlislar ichida ham eng ko'p ovozni San'at Shixov oldi. Shu tariqa, yakunda mazkur futbolchi 41 ochko jamg'argan holda oyning eng chiroyli goli muallifi deb topildi. 

Читайте также:

Avgust oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz bering

Avgust oyining eng chiroyli goliga ovoz bering

Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni – Eldor Suyunov

Iyul oyining eng chiroyli goli muallifi – Sherzod Hakimov

PEPSI Superliga. Iyul oyining eng chiroyli goliga ovoz bering (Video)