12.07.2019, 21:30

"Atletiko" Grizman uchun "Barselona"dan sud orqali yana 80 mln evro undirmoqchi

"Atletiko" Grizmanning transferi yuzasidan "Barselona"ni sudga bermoqchi.

Kataloniyaliklar avvalroq Grizmanning shartnomasi bekor qilingani uchun "Atletiko"ga 120 mln evro to'lagan edilar, ammo madridliklar yana 80 mln evro undirmoqchilar.

"Atletiko"ning ta'kidlashicha, "Barselona" Grizmann bilan 1 iyulgacha, ya'ni uning tovon puli 200 mln dan 120 mln evroga tshguniga qadar shartnoma imzolagan.

"Bugun Grizmanning advokati Primera shtab-kvartirasida paydo bo'ldi va futbolchining "Atletiko" bilan shartnomasini bir taraflama bekor qildi. U "Barselona" nomidan 120 mln mablag' kiritdi.

Bu summa tovon puli hisobi uchun etarli mas deb hisoblaymiz. "Barsa" va Antuan tovon puli 200dan 120 mln evroga tushmasidan avval kelishib olishgan.

Bu narsa 14 may kuni futbolchi klubimizdan ketishini 'lon qilishidan avval sodir bo'lgan. "Atletiko" o'z huquqlari va qiziqishlarini himoya qilish uchun harakatlarni boshlagan", - deyiladi "matraschilar"ning rasmiy saytida.

Mavzu bo'yicha:

«Barselona» Grizmanning transferi tufayli xodimlarining maoshlarini o'z vaqtida bera olmadi

Grizmannining transferi «Barselona»ga 120 million evrodan qimmatroqqa tushadi

«Atletiko» Grizmannga jarima yoza boshladi

"Barselona" Grizmanning transferini qachon rasman e'lon qilishi ma'lum bo'ldi

"Barselona" Grizmann uchun 120 mln evro to'laydi, bundan 24 mln evro "Sosedad"ga tegadi