13.07.2019, 08:40

"Atletiko"da "Barselona"dan 80 mln evro undirish uchun dalil bor

"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso jamoa hujumchisi Antuan Grizmanning "Barselona"ga o'tishi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.

Kuni kecha Grizmann vakillari La liga ofisida uning shartnomasini to'xtatgani uchun 120 mln evro tovon pulini to'lagan edilar.

28 yoshli futbolchining shartnomasida 200 mln evro tmiqdoridagi tovon puli shu yilning 1 iyulidan 120 mln evroga tushishi haqida band bor edi.

"Atletiko"dagilar "Barselona" va futbolchi 1 iyulga qadar - 9 mart kelishib olganlar, deb hisoblamoqda. Shuning uchun madridliklar yana 80 mln evro undirishga umid qilmoqdalar.

"Atletiko" bayonot bilan chiqdi, chunki bizda dalillar bor, - deydi Sereso. - Biz hammasiga oydinlik kiritilishi va o'sha summa to'lanishi lozim deb hisoblaymiz".

Mavzu bo'yicha:

"Atletiko" Grizman uchun "Barselona"dan sud orqali yana 80 mln evro undirmoqchi

«Atletiko» Grizmannga jarima yoza boshladi

Ana xolos! Grizmann «Atletiko»ga 120 million evro to'lab, o'z transferini sotib oladi

«Atletiko» «Barselona»ga o'z nafratini izhor qildi

"Barselona" Grizmann uchun 120 mln evro to'laydi, bundan 24 mln evro "Sosedad"ga tegadi