27.06.2019, 07:20

«Atletiko» «Benfika»ga rasmiy taklif yubordi (foto)

“Atletiko” “Benfika”ga yarim  himoyachi Joau Feliksni sotib olish borasida rasmiy taklif yubordi.

Madrid klubi portugaliyalik futbolchi uchun 126 mln evro taklif qildi, bu haqda portugaliyaliklar e'lon qilishdi.

Eslatib o'tamiz, 19 yoshli futbolchining tovon puli 120 mln evroni tashkil qiladi.

Ayni damda ushbu taklif ko'rib chiqilmoqda. Agar transfer amalga oshsa “Benfika” 120 mln evro oladi qolgan 6 mln evroni esa barcha harajatlarni qoplaydi.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Feliks Portugaliya chempionatida 26 ta o'yinda maydonga tushib 15 ta gol va 7 ta golga assisentlik qildi.

Mavzu bo'yicha:

«Atletiko» «Yangi Ronaldu»ni qachon tanishtirishi ma'lum

«Benfika» va «Real» o'zaro futbolchi almashishi mumkin

To'rt klub "Benfika"ning 19 yoshli futbolchi uchun 120 mln evro berishga tayyor

"Benfika" "Yuventus"ga "yangi Ronaldu" borasida javobini aytdi

APL klubi «Milan» futbolchisi uchun 60 evro taklif qildi