17.05.2019, 08:50

«Atalanta» bosh murabbiyi «Roma»ni boshqarishi mumkin


«Atalanta» bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini «Roma»ni boshqarishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatdi.

Klaudio Raneri ushbu mavsum so'ngida rimliklar boshqaruvini tark etadi. Ma'lumotlarga qaraganda, Gasperini «bo'rilar» bilan 3 yillik shartnoma va 2,5 million evro yillik maosh borasida kelishuvga erishdi.

61 yoshli italiyalik mutaxassis Bergamo shahri klubini 2016 yilning iyul oyidan beri boshqarib kelmoqda. U birinchi mavsumda 4-o'rinni egallagan bo'lsa, ikkinchi yili 7-o'rinni band etdi.

"Atalanta" A seriyaning mazkur mavsumi tugashiga 2ta tur qolganida EChL yo'llanmasini beruvchi 4-o'rinni egallab turibdi.

Читайте также:

Rasman! Klaudio Raneri «Roma» bosh murabbiyi

Raneri "Roma"ni boshqarishi mumkin

«Barselona» yangi bosh murabbiy nomzodini ko'rib chiqmoqda

«Atalanta» Gasperini bilan yangi shartnoma imzoladi

Gasperini «Atalanta» bilan shartnomasini uzaytirdi