15.01.2019, 16:00

Asian Cup. Eron - Iroq uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi

Ertaga 16 yanvar kuni Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-turida Eron terma jamoasi Iroqqa qarshi bahs olib boradi. 

Mazkur o'yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Darvoza ortida Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev harakat qiladi. 

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Dubay shahridagi "Rashid" stadionida bo'lib o'tadi.

Mavzu bo'yicha:

Ilgiz Tantashev Osiyo Kubogidan o'rin olgan Hindiston - Bahrayn uchrashuvini boshqaradi

Ravshan Ermatov «ofsayd»da!

Osiyo kubogi. Valentin Kovalenko Falastin - Avstraliya uchrashuvini boshqaradi

Osiyo kubogi-2019. Ravshan Ermatov qaysi o'yini boshqarishi ma'lum bo'ldi

Ravshan Ermatov Xitoy Kubogi finalini boshqaradi