14.07.2019, 16:40

"Arsenal" Pepe uchun 80 mln evro taklif qildi

"Lill" hujumchisi Nikolya Pepe faoliyatini Angliyada davom ttirishi mumkin.

L’Equipe xabariga ko'ra, "Arsenal" klubi ivuarlik 24 yoshli futbolchining transferi uchun frantsuz klubiga 80 mln evro taklif yubordi. Bu ma'lumotni Pepening yaqinlari tasdiqlashdi.

Pepe Frantsiya chempionatining o'tgan mavsumida 37 o'yinda 22 ta gol urgan va to'purarlar bahsida Kilian Mbappedan so'ng (33 gol) ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan edi.

Mavzu bo'yicha:

«PSJ» Neymarning o'rniga futbolchi topdi

«Lill» Pepening narxini belgiladi

Mbappedan frantsuzcha rekord!

Pepe faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin

«Siti» ham Pepe uchun kurashga qo'shildi