16.01.2019, 08:00

«Arsenal» O'zilning o'rniga yarim himoyachi topdi


«Arsenal» klubi «Bavariya»dan yarim himoyachi Xames Rodrigesni yarim yilga ijaraga olmoqchi. Xabaringiz bor, ushbu futbolchining transfer huquqi «Real»ga  tegishli.

Myunxenliklar 27 yoshli futbolchini 3 million funt evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Boisi, kolumbiyalik o'yinchining yarim yillik ijarasi«Bavariya» uchun shuncha summaga tushadi.

«Arsenal» qishda jamoani tark etishi kutilayotgan Mesut O'zilning o'rniga Xamesni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Xames 2017 yildan beri «Bavariya» safida ijara asosida o'ynamoqda. Niko Kovach qo'lostida u asosiy tarkibning muqim o'yinchisi bo'lmayapti. Germaniyaliklar mavsum so'ngida uni 42 million evro evaziga to'liq sotib olishlari mumkin.

Читайте также:

«Bavariya» 145 mln evroga uch nafar futbolchi sotib olmoqchi

Xames Rodriges faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

«Bavariya» Xamesning transfer huquqini sotib olmaslikka qaror qildi

«Yuventus» «Real» futbolchisi uchun 70 million evro taklif qiladi

«Bavariya» Robben va Riberining o'rniga futbolchi topdi