Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 22:11
KirishRo'yxatdan o'tish
APL. Qoldirilgan uchrashuvda "Lids" "Sautgempton"ni ayab o'tirmadi
  24 Fevral, 01:55  18

.

Angliya chempionatining 18-turidan o'rin olgan qoldirilgan bahsda «Lids» o'z maydonida «Sautgempton» darvozasiga javobsiz uchta to'p yullagan holda, yirik hisobda zafar quchdi.

Butun bahs hujumlar va xavfli vaziyatlarga boy bo'ldi. Birinchi bo'lim deyarli teng kurashlar ostida o'tgan bo'lsada, darvozalar oldida golsiz sokinlik hukm surdi.

Ikkinchi taym boshida esa, maydon egalari hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Keyinchalik esa, uchrashuv oxirlarida "Sautgempton" darvozasi yana ikki marta ishg'ol etildi.
Yakunda hisob 3:0.

Shu tariqa, «Lids» ochkolari sonini 35 taga etkazib, o'ninchi o'ringa ko'tarildi. 30 ochko jamg'argan «Sautgempton» esa o'n to'rtinchi pog'onadan joy olgan.

Lids – Sautgempton 3:0 (0:0, 3:0)
«Elland Roud»

Gollar: 1:0 – 47 Bemford, 2:0 – 78 Dallas, 3:0 – 84 Rafinya.

"Lids" – Mele, Dallas, Lorente, Eyling, Streyk, Klix (Alioski, 59), Xarrison (Elder Koshta, 46), Rafinya, Kuper, Roberts (Ernandes, 75), Bemford.

"Sautgempton" – Makkarti, Bednarek, Bertran, Salisu, Vestergor, Tella (Minamino, 58), Uord-Prouz, Romeu (Djenepo, 70), Armstrong, Redmond (Ingz, 58), Adams.

Ogohlantirishlar:
Vestergor (26), Djenepo (83), Rafinya (85).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»