Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 14:50
KirishRo'yxatdan o'tish
APL o'yinlariga muxlislar kiritilishi qachondan boshlanishi ma'lum bo'ldi
  23 Fevral, 14:15  9

.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson muxlislarni stadionlarga qaytarish tartibini e'lon qildi.

Ishqibozlar 17 maydan boshlab arenalarga qaytishi mumkin. Avvaliga stadionlarga ko'pi bilan 10 ming tomoshabin kiritilishiga ruxsat berilishi kutilmoqda. Kam sig'imli arenalarga esa tribunalarning 25 foizini to'ldirishga ruxsat beriladi.

Asosiy sinov 15 may kuniga belgilangan Angliya Kubogi finalida bo'ladi. Keyinchalik ruxsat etilgan miqdorni ko'paytirib borish ko'zda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab qator mamlakatlar qatori Angliyada ham 2020 yilning bahoridan beri katta sport musobaqalari tomoshabinlarsiz o'tmoqda. 2020 yilning dekabr oyida Angliyada stadionlarga muxlislarni qisman kiritish boshlangan, biroq koronavirusning yangi shtammi tufayli mazkur amaliyot to'xtab qolgandi.

Avvalroq Buyuk Britaniyada COVID-19 sabab e'lon qilingan asosiy cheklovlar iyun oyi oxirida bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»