Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 11:13
KirishRo'yxatdan o'tish
APL. "MYu" safarda durang o'ynadi
  4 Mart, 03:30  13

.

APLning 29 turidan o'rin olgan bahsda "Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" maydoniga safar qildi.

"Selxerst Park" o'yingoxida kechgan uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakun topdi. Teng kurashlar ostida kechgan o'yinda maydon egalari nisbatan kuchli hisoblangan raqiblariga etarlicha qarshilik ko'rsata olishdi.

Keskinlik va xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsada 90 daqiqa mobaynida darvozalarga to'p kiritilmadi. Yakuniy hisob 0:0, tomonlar bir ochkodan bo'lishib olishdi.

Shu tariqa "MYu" 51 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinda qoldi. 34 ochko jamg'argan "Kristal Pelas" esa 13 pog'onadan joy olgan.

"Kristal Pelas" – "Manchester Yunayted" 0:0 (0:0, 0:0) «Selxerst Park»

"Kristal Pelas" – Guaita, Keyxill, van Anxolt, Uord, Taunsend, Kuyate, Eze (Shlupp, 84), Makkarti (Ridevald, 62), Milivoevich, Benteke, Ayyu.

"Manchester Yunayted" – Xenderson, Shou, Bayi, Uan-Bissaka, Maguayr, Fred (Maktomini, 74), Brunu Fernandesh, Matich, Kavani (Djeyms, 76), Reshford, Grinvud.

Ogohlantirishlar:
Ridevald (90).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»