22.03.2019, 19:30

APL vajohati yoxud g'aroyib statistika


ChL 1|8 finalida APL vajohati yaqqol sezildi. Kurashni davom ettirish huquqini qo'lga kiritgan 8ta jamoadan yarmi Angliyadan! Bunaqasi oxirgi marta mavsum-2008|2009da kuzatilgandi.

O'shanda «Liverpul», «Chelsi», «MYu» va «Arsenal» klublari 1|4 finalga chiqish missiyasini tengdaniga bajargan bo'lsada, yakunda g'oliblik boshqa yurt vakiliga nasib etgandi. Vaholanki, APLning 4ta vakilidan 3tasi yarim finalda o'ynagan...

Qiziq tomoni, 10 yil oldin ham chorak final qur'asi 1ta inglizcha derbi taqdim etgan va aynan «Chelsi» - «Liverpul» to'qnashuvi butun turnir bezagiga aylangandi (umumiy hisob 7:5, «Chelsi» foydasiga).

Eslasangiz, jamoalar «Stemford Brij»da 4:4 hisobini qayd etgandi. Xullas, yarim finalga Angliyaning 3ta klubi va «Barselona» chiqqan. Hal qiluvchi bahsga kelsak, Xosep Gvardiola boshqaruvidagi Kataloniya jamoasi «MYu»ga imkoniyat qoldirmagandi - 2:0.

Keyingi mavsumlarda APLning ChLdagi vajohati biroz pasaydi: 

Mavsum-2009|2010

1|4 final: 2ta klub

1|2 final: yo'q

***

Mavsum-2010|2011

1|4 final: 3ta klub

1|2 final: 1ta klub

Final: 1ta klub («MYu» hal qiluvchi bahsda engilgan)

***

Mavsum-2011|2012

1|4 final: 1ta klub:

1|2 final: 1ta klub

Final: 1ta klub («Chelsi» yakunda zafar quchgan)

***

Mavsum-2012|2013

1|4 final: yo'q

***

Mavsum-2013|2014

1|4 final: 2ta klub

1|2 final: 1ta klub

Final: yo'q

***

Mavsum-2014|2015

1|4 final: yo'q

***

Mavsum-2015|2016

1|4 final: 1ta klub

1|2 final: 1ta klub

Final: yo'q

***

Mavsum-2016|2017

1|4 final: 1ta klub

1|2 final: yo'q

***

Mavsum-2017|2018

1|4 final: 1ta klub

1|2 final: 1ta klub

Final: 1ta klub («Liverpul» mag'lubiyatga uchragan)

***

Mavsum-2018|2019

1|4 final: 4ta klub

Darvoqe...

«Chelsi» va «Arsenal»ning EL chorak finaliga chiqqanini hisobga olsak, APLning evroarenadagi vajohati yanada dahshatliroq ko'rinadi: 6ta jamoa. E'tiborlisi, evrokuboklar yarim finalida APLdan  kamida 1ta jamoa bo'lishi hozirdan ma'lum («Manchester Siti» yoki «Tottenxem»), qolgan 4tasida esa kurashni davom ettirish uchun real imkoniyat bor. Umuman olganda, Angliyadan 6ta klubning evrokuboklar 1|4 finaliga chiqishi tarixda ikkinchi marta kuzatilmoqda. Birinchisi 48 yil muqaddam, mavsum-1970|1971da ro'y bergandi.

A.HAMIDOV tayyorladi.

Читайте также:

ELCh. Angliyaning 4ta jamoasi chorak finalga chiqdi

Frantsiya kubogi. Chorak finalga qur'a tashlandi

EChLda. 1/8 finalga yo'l olgan va Evropa ligasida ishtirok etadigan barcha jamoalar

Angliya kubogining 1/32 final bosqichiga qur'a tashlandi

EChL, qur'a: Savatchalar tarkibi ma'lum