17.05.2019, 22:50

Anedrey Fyodorov: «Rejalar ish bermadi»


“Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o'tdi: 

- O'yinga qandaydir aniq izoh berishim qiyin, to'g'risi. Bizning jamoamizda bugun ko'p rejalar ish bermadi. Bugun biz juda past tezlikda o'yin namoyish etdik. Bu esa “Bunyodkor”ga himoyalanishda qulaylik yaratdi. Yigitlardan birinchi navbatda to'pni tezroq harakatlantirishni so'ragan edik. Lekin bu ishni uddalay olmadik. Yakunda qayd etilgan natija adolatli bo'lganini ta'kidlay olaman. Biz bugun g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatmadik. Xolbuki, birinchi bo'limda bir nechta qulay imkoniyatkar yarata olgan edik, - deya fikr bildirdi mutaxassis. 

Читайте также:

Andrey Fyodorov: «Lokomotiv»ning barcha ishqibozlarini g'alaba bilan tabriklayman»

Andrey Fyodorov: «Bugun g'alaba osonlikcha qo'lga kiritilmadi»

Andrey Fyodorov: AGMK jamoasini yaxshi o'rgangan edik

Ro'ziqul Berdiev: «Raqib umuman imkon bermadi»

Andrey Fyodorov: «Qiyin o'yin bo'ldi»