17.05.2019, 11:51

Andijonda Olimpiada chempioni Muhammadqodir Abdullaev boks maktabi tashkil etildi


Xabaringiz bor, joriy yilning 19 mart va 3 aprel kunlari Prezidentimiz raisligida yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazilib, vazifalar belgilab berilgan edi.

Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan hududlarda mashhur sportchilar maktablarini tashkil etish orqali yoshlarni ommaviy sportga jalb etish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan edi.

Shunday muassasalardan biri sifati Andijon viloyati Bo'z tumanidagi 6-umumta'lim maktabida 2000 yilgi Olimpiya o'yinlari chempioni, jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni Muhammadqodir Abdullaev boks maktabi tashkil etildi.

Boks maktabi yoshlarning boks bilan shug'ullanishlari uchun barcha zarur jihozlar bilan ta'minlandi. Yoshlarga ushbu sport turi sir-asrorlarini o'rgatish uchun malakali mutaxassislar jalb qilindi.

15 may kuni o'tkazilgan muassasaning ochilish marosimida Olimpiya o'yinlari va jahon chempioni Muhammadqodir Abdullaev, boks bo'yicha jahon chempioni va Olimpiya o'yinlari sovrindori O'tkirbek Haydarov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyat hokimligi mutasaddilari, o'quvchi-yoshlar va boshqalar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida so'zga chiqqan Muhammadqodir Abdullaev yurtimizda sportga qaratilayotgan e'tibor kundan-kunga ortib borayotgani va yoshlarimiz shug'ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratilayotganini ta'kidlar ekan ushbu muassasa ham tuman yoshlarining bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish hamda bo'lg'usi chempionlarni tayyorlash niyatida tashkil etilganligini ma'lum qildi.

Читайте также:

Beshta tashabbus bo'yicha dasturlar yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini qamrab oladi

Respublikamiz bo'ylab boks bo'yicha ochiq mashg'ulotlar festivali tashkil etildi

Rasman. Boks federatsiyasiga yangi vitse-prezident tayinlandi

Boks. O'zbekiston chempionatida g'oliblar aniqlandi

Boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida Andijon viloyati terma jamoasi birinchi bo'ldi