26.08.2018, 23:00

Andijonda mini-futbol maydonchasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

2017 yilning noyabr oyida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda  Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuv o'tkazgan edi.

Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan turli loyihalar bo'yicha o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan hamda OFK tomonidan O'zbekistonda bolalar uchun mo'ljallangan sun'iy qoplamali mini-futbol maydonchalari barpo etilish uchun mablag' ajratilishiga kelishilgan edi.

Ushbu kelishuvga asosan Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan bir qator qurilish kompaniyalari o'rtasida maxsus tender o'tkazildi. Tenderda sport inshootlarini barpo qilish bo'yicha katta tajribaga ega bo'lgan Italiyaning “Limonta Sport” kompaniyasi g'olib chiqdi. Ushbu kompaniya Andijon va Qo'qon shahrida mini-futbol maydonlarining qurilish ishlarini boshlab yuborgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Bugun 26 avgust kuni  Andijon shahrida yangi mini-futbol maydonchasining   ochilish tadbiri bo'lib o'tdi.  Unda mahalliy hokimiyat vakillari, futbol faxriylari va O'FA mutasaddilari ishtirok etdi.

Marosimda so'z olgan viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Shavkatbek Nishonov, viloyat futbol assotsiatsiasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimovlar yosh futbolchilarni ajoyib ajoyib maydonchalarning ochilishi bilan tabrikladilar.

Futbol maydonchalarida shu kunning o'zida 2007-2008 yillarda tavallud topgan bolalar o'rtasida “Mustaqillik Kubogi”  musobaqalari boshlandi.

Mavzu bo'yicha:

OFK dasturi asosida Andijon va Qo'qonda mini-futbol maydonlari barpo etildi

FIFA vakili «Forward» dasturi bo'yicha yurtimizga tashrif buyurdi

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

"Zomin" oromgohida “Yoz – o'tmoqda soz” shiori ostida futbol festivali bo'lib o'tdi

O'FA bo'lim boshlig'i Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan murabbiylik kurslarida tahsil olmoqda