13.07.2019, 10:20

“Andijon” ertadan yig'inga kirishadi

Birinchi davradan qisqa muddatli tanaffusga yo'l olgan Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Andijon" jamoasi ertaga, ya'ni 14 iyul kuni Toshkent shahrida jamlanadi va 15 iyul kuni tibbiy-ko'riqdan o'tgach, 16 iyuldan Yangier shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlaydi.

Bir hafta mobaynida ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirgan "burgutlar" 23 iyul kuni Andijon shahriga qaytishadi va "Buxoro" jamoasiga qarshi bo'ladigan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirishadi.
O'quv-yig'in mashg'ulotlarida davomida bir qator yangi futbolchilar ko'zdan kechiriladi va o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishadi.

Sparring-raqiblar va yangi kelishi kutilayotgan futbolchilar haqida albatta xabar beramiz.

Mavzu bo'yicha:

«Dinamo» Chimyon va Toshkentda yig'in o'tkazadi

«Real»ning mavsumga tayyorgarlikni qachon boshlashi aniq bo'ldi

«Andijon» «Bunyodkor»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

Aleksandr Xomyakov bugundan ishga kirishadi

“Andijon” ertadan Toshkentda yig'in boshlaydi